O‘zA O`zbek

09.08.2018 12:48 Chop etish versiyasi

30 foizdan 50 foizgacha chegirma

30 foizdan 50 foizgacha chegirma

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 30 foizdan 50 foizgacha arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

“Bek baraka“ savdo majmuasida o‘tkazilgan yarmarkada Byuroning tuman va shahar bo‘limlari ish yurituvidagi mol-mulklar, xususan, kiyim-kechak va boshqa turdagi mahsulotlar 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yildi.

– Bozorlardagi kiyim-kechaklar savdosi ayni avjiga chiqqan payt, – deydi MIB viloyat boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi inspektori Gulshoda Qurbonova. – Tabiiyki, bunday paytlarda ularning narxi sun’iy ravishda oshadi. Ushbu yarmarkada esa narxlarning bozordan keskin pastligi xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq, Byuroning tuman va shahar bo‘limlari ish yurituviga 27 milliard 382 million so‘mlik mol-mulk kelib tushgan. Ayni paytga qadar 4 milliard 216 million so‘m qiymatidagi mol-mulk sotilgan. Shuningdek, 1 milliard 397 million so‘mlik qismi tegishli tartibda yo‘q qilinib, 590 million so‘mlik mol-mulk egalariga qaytarilgan. 925 million so‘mlik turli turdagi mol-mulklar esa tegishli tashkilotlarga tekinga berilgan.

A.Xudoyqulov, O‘zA
2 500