O‘zA O`zbek

15.08.2018 11:27 Chop etish versiyasi

297 turdan ortiq to‘qimachilik mahsuloti 52 ta davlatga eksport qilindi

297 turdan ortiq to‘qimachilik mahsuloti 52 ta davlatga eksport qilindi

O‘zbekistonda 7 oyda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 762,2 mln. AQSH dollari miqdorini tashkil qildi.

2018-yilning o‘tgan davri mobaynida 762,2 mln. AQSH dollari miqdorida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga o‘sib, umumiy eksport hajmining 10,0 foizini tashkil qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

photo5449503111765928273.jpg

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (58,0 foiz), tayyor to‘qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,6 foiz) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 297 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilindi.

O‘zA
1 861