O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

23-oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani hamda Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish boʻladi

23-oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani hamda Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish boʻladi

Ertaga 23-oktyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 21-mavze “Birlik” dahasi hududida joylashgan 2111-sonli transformator punktida rejali mukammal taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, koʻp qavatli aholi turar joy binosida, hamda 238-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida soat 09:00 dan 17:00ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Shuningdek, 2019-yil 23-oktyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Andijon shahrida joylashgan 6 kV kuchlanishli “12-Markaziy taqsimlash shohobchasi”da rejali mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli “Mustaqillik” mahallalari aholi xonadonlarining elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan 35/10kV kuchlanishli “Marhamat” podstansiyasida rejali mukammal taʼmirlanishi sababli, ushbu tumandagi “Oybek”, “Zafarobod”, “Guliston”, “Gʻofur-Gʻulom”, “Barhayot”, “Yangihayot” mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

554
O'zA