Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 17:22 Chop etish versiyasi

22 davlat idoralari bilan kelishuvlar imzolangan

“O‘zstandart” agentligining matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Toshkent shahar va Surxondaryo viloyatidagi oziq-ovqat laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Agarda ular bu akkreditatsiyadan o‘tmasa, bergan sertifikatlari jahon miqyosida tan olinmaydi.

Hozirda agentlik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasiga oid 22 davlatning milliy idoralari bilan ikki tomonlama kelishuv imzolangan.

Ta’kidlash joizki, hozirda muvofiqlikni baxolashda ishtirok etuvchi 29 ta organ xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Ular bergan sertifikatlari 89 davlatda tan olinmoqda.

6239 ta korxonada sifat menejmenti tizimlari joriy etildi. Unning 1964 tasi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardir.

2017-yil holatiga ko‘ra, 3,5 mingdan ziyod xalqaro standartlar qabul qilinib amaliyotga kiritilgan. Xususan, Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (YeEK OON) meva, sabzavot va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli bo‘lgan 100 dan ortiq standartlar qabul qilindi. 2017 yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlarida 613 ta halqaro standartlar joriy etildi.

Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, Germaniya, Turkiya, Fransiya, Belarus kabi xorijiy ekspertlar xulosalari olindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
6 988