O‘zA O`zbek

15.11.2019 Chop etish versiyasi

2020 yilda O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi

2020 yilda O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi
Bu haqda Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro press-klubning “Press-qahva“ debatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhiddinovning qayd etishicha, 2020 yilda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga oshadi va 644 ming so‘mga teng bo‘ladi. 

Shuningdek, Erkin Muhiddinov yangi Mehnat kodeksi ishlab chiqilayotganini va u jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ham ma’lum qildi. Jamoatchilikdan Kodeks bandlari bo‘yicha o‘z taklif va talablarini bildirishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval mamlakatimizda ishsizlik eng yuqori bo‘lgan viloyatlar e’lon qilingani haqida ma’lumot bergan edik. Xalqaro press-klubning “Press-qahva“ debati davom etmoqda.


505
O‘zA