O‘zA O`zbek

13.07.2018 12:09 Chop etish versiyasi

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tibbiyotda yangi mutaxassisliklar ochiladi

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tibbiyotda yangi mutaxassisliklar ochiladi
Prezidentimizning joriy yil 12-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu haqda qayd etildi.

Qarorda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlarini ochish belgilandi.

Bu yangilik, sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor, malakali, bilimli, yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlanishi sababli yurtimizdagi nefrologiya va gemodializ yo‘nalishidagi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatilishiga erishiladi.

O‘zA
3 216