O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

2017-yilda turli taʼqiqlangan tashkilotlarga aʼzo 18 mingdan ziyod fuqaro kechirilgan

Mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida birgina 2017-yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil boʻlgan shaxslar roʻyxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatildi, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” farmonida.

1 561
OʻzA