Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.12.2017 18:55 Chop etish versiyasi

2017-yilda Gulistonda 375 yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan

2017-yilda Gulistonda 375 yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan Sirdaryo viloyati Guliston tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 375 yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan. Jumladan, mast holda, xavfsizlik kamarini taqmasdan, hujjatsiz transport vositasini boshqarish, avtomobilni boshqarayotgan paytda uyali aloqa vositasidan foydalanish, belgilangan tezlikni oshirish va piyodalar tomonidan qoida buzilish holatlari qayd etilgan.

2.JPG

– Ayniqsa, hozirgi qish mavsumida xodimlarimiz hushyorligini yanada oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, mavjud kamchiliklar vaqtida bartaraf etilmoqda, – deydi Guliston tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, katta leytenant R.Tojiboyev. – Asosiy maqsadimiz yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdir. Ana shu maqsadda tumanimiz hududida 42 turli yo‘l belgisi o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelgan 45 yo‘l belgisi yangisiga almashtirildi. Ichki yo‘llarning 15 kilometri kapital, 63 kilometri joriy ta’mirlandi. Tuman markazidagi Do‘stlik va Sharq ko‘chalari kesishgan joyga zamonaviy svetofor o‘rnatildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi idoralarga 8 taqdimnoma kiritildi.

Tumandagi ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, qoidabuzarlik holatlari keng jamoatchilik o‘rtasida atroflicha muhokama qilinmoqda.

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA
5 493