O‘zA | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Ўзб  O‘zb  Рус   Eng  Fra  Deu  Esp  العربية  中文

20.04.14
Jamiyat

Davlatimiz ommaviy axborot vositalari qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlaydi

O‘zA, Sardor Tojiyev, 20.12.2011 22:28

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida “Ommaviy axborot vositalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – ularning fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi rolini mustahkamlash omili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Ommaviy axborot vositalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Tadbir Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitasi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etildi. Unda ekspertlar, mamlakatimizdagi markaziy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va deputatlar ishtirok etdi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev va boshqalar davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash jarayonini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lishini, xususan, “Ommaviy axborot vositalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

Mazkur qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslarini belgilashni hamda ommaviy axborot vositalariga ma’lum soliq, bojxona, moliya va boshqa turdagi imtiyozlarni taqdim etishni ko‘zda tutadi.

Davra suhbati ishtirokchilari ishlab chiqilayotgan mazkur qonun loyihasi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Tadbir yakunida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

So‘nggi yangiliklar:

Iqtidor va matonat bahsi

Jurnalistlar bilimini oshirish yo‘lida

Tasviriy san’at festivali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Havaskor velosportchilar musobaqasi

Saytlar

Prezident matbuot xizmati
Gov.uz portali

Viktorina