O‘zA O`zbek

03.03.2020 Chop etish versiyasi

2 million metr kub gazni qayta ishlaydigan zavod ishga tushadi

2 million metr kub gazni qayta ishlaydigan zavod ishga tushadi

“Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi joriy yilning may oyida ishga tushiriladi, deb xabar berdi “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Yaqinda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Buxorodagi “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish korxonasi va qurilishi davom etayotgan obyektlardagi jarayonlar oʻrganildi.

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ushbu obyektlar bilan tanishar ekan, unda “Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi va “Oʻchqir” propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida bajarilayotgan keng koʻlamli ishlarning natijasiga eʼtibor qaratdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, “Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi ishga tushirilishi bilan kunlik gaz yetkazib berish hajmi 2 million metr kubga ortadi. Shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan “Oʻchqir” propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi esa kunlik propan-butan qazib olish surʼati 200-210 tonnagacha oshishi kutilmoqda.

Pirovardida, bir yilda 80 ming tonna suyultirilgan gaz va 37 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish mumkin boʻladi.

1 324
O'zA