O‘zA O`zbek

09.08.2018 13:41 Chop etish versiyasi

19 mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod etildi


Toshkent viloyati Zangiota tumanida Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudining sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Unda jazoni ijro etish muassasalaridagi 28 mahkumning o‘tolmay qolgan ozodlikdan mahrum etish jazosini yengillashtirish ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi O`.Xoliqov va sudyasi A.Nurmatov raisligida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida 19 mahkumning ozodlikdan mahrum etish jazosi boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilib, muassasadan ozod etildi. Yana 9 mahkumning shu turdagi jazosi esa yengilrog‘iga almashtirildi.

Shuningdek, shu kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi raisi O‘.Xoliqov va tuman sudi sudyasi A.Nurmatov tomonidan qator jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

A. Xudoyqulov, O‘zA
2 026