O‘zA O`zbek

16.07.2020 Chop etish versiyasi

16-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 14991 nafarni tashkil etmoqda

16-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 14991 nafarni tashkil etmoqda

16-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14991 (+204) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 126 nafari Toshkent shahrida (shundan 87 nafari tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida), 34 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 6263 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

988
O'zA