O‘zA O`zbek

14.08.2018 15:02 Chop etish versiyasi

154 million so‘mlik parfyumeriya va dori vositalari kiritilmadi

154 million so‘mlik parfyumeriya va dori vositalari kiritilmadi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, soha xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarining olib o‘tilishiga chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida “Almata-Nukus” yo‘nalishidagi poyezdning yo‘lovchisi qo‘shni davlat fuqarosi M.Musayev umumiy qiymati salkam 3 million so‘mlik 254 ta turli xil kosmetika tovarlarini vagonning o‘rindiqlari tagiga yashirib, olib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Rossiya davlatidan D.Asadova nomiga kelgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida CN23 bojxona deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagan 177 parfyumeriya va dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. Xorijda ishlab chiqarilgan mazkur parfyumeriya va dori vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 154 million so‘mdan oshar ekan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O'zA
1 695