O‘zA O`zbek

24.05.2019 22:35 Chop etish versiyasi

15 ming AQSH dollari evaziga bozordan joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga tushdi

15 ming AQSH dollari evaziga bozordan joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narx-navosini sunʼiy oshirilishing oldini olish alohida eʼtiborda. 

Ichki isteʼmol bozorini himoya qilish, tadbirkorlarni bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar koʻrilmoqda.

Xususan, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.ga Uchtepa tumanidagi “Farhod dehqon bozori” AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda oʻqiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1,8 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

OʻzA
1 386