O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

143 nafar mahkumning ishi qanoatlantirildi

143 nafar mahkumning ishi qanoatlantirildi


Oliy sudi raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari Navoiy viloyati aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, sud-huquq tizimiga oid muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 18 may kuni Navoiy viloyat aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Sayyor qabullar Xatirchi tumanidagi Pedagogika kasb-hunar kolleji binosida va Qiziltepa tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida jami 72 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, shundan 66 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 4 ta nazorat tartibidagi shikoyatlar, 1 nafar fuqaroning arizasi hamda 1 nafar fuqaroning tashakkurnomasi qabul qilindi.

Xususan, Xatirchi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 53 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, shundan jinoyat ishlari yuzasidan murojaatlarning 18 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 1 nafar fuqarodan nazorat tartibidagi shikoyat, 1 ta ariza va 1 ta tashakkurnoma qabul qilindi;

photo5408993976662469396.jpg

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 26 ta murojaatlar qabul qilinib, shundan 24ta murojaatlar bo‘yicha tushuntirish berilib, 2 nafar fuqarolardan nazorat tartibidagi shikoyatlar qabul qilib olindi;

Ma’muriy ishlar bo‘yicha murojaat qilgan 4 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi;

Shuningdek, qqtisodiy sudlar faoliyatiga doir 3 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirish berildi.

Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 19 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, shundan jinoyat ishlari bo‘yicha murojaat qilgan 4 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi;

Fuqarolik huquqiy munosabatlar bo‘yicha 11 nafar fuqaro qabul qilinib, 10 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan holda 1 ta nazorat tartibdagi shikoyat qabul qilindi;

Ma’muriy ishlar bo‘yicha 1 nafar, iqtisodiy sud masalalari bo‘yicha 2 nafar fuqaroning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi.

Qabul jarayonida jami 68 nafar fuqarolardan tashakkurnoma va minnatdorlik xatlari kelib tushdi.

Bundan tashqari, Oliy sud rahbariyatining sayyor qabullari davomida sud hukmlariga asosan ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tab turgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asosan jazolarni ijro etish idoralari tomonidan jami 143 nafar shaxsga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar sudda ko‘rilib, qanoatlantirildi.

Jumladan, 45 nafar shaxs sud hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan ozod qilingan bo‘lib, 25 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazolar yengilrog‘iga almashtirildi.

Ko‘rilgan materiallar bo‘yicha 8 nafar mahkum qamoqdan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

Shuningdek, 73 nafar mahkum yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazildi.


988
O‘zA