O‘zA O`zbek

13.08.2018 17:09 Chop etish versiyasi

14 milliard 500 million so‘m kredit mablag‘i evaziga ellikta oila uyli bo‘ldi

14 milliard 500 million so‘m kredit mablag‘i evaziga ellikta oila uyli bo‘ldi Termiz shahridagi Ibn Sino ko‘chasida besh qavatli zamonaviy turar joy binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyati qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, zamonaviy korxonalar, ijtimoiy soha inshootlari, ko‘p qavatli turar joy binolari barpo etilayotgani ta’kidlandi.

Viloyat markazining bosh rejasi asosida qad rostlagan yangi ko‘p qavatli uyni “Pahlavon” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari qisqa muddatda sifatli bunyod etdi. Buning uchun tijorat bankining 14 milliard 500 million so‘m kredit mablag‘i sarflandi. 50 oilaga mo‘ljallangan va barcha qulayliklarga ega uyning birinchi qavatida 10 ga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi joylashdi. Uyning atrofi obodonlashtirilib, rang-barang daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Anvoyi gullar ekilib, dam olish o‘rindiqlari o‘rnatildi. Bolalar maydonchasi va avtomobillar uchun maxsus turar joy tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Po‘latov so‘zga chiqdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
2 044