| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Namunali maslahatchilar aniqlandiO‘zA, G‘.Hasanov, 30.07.2010 11:57 Samarqandda “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchilari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi yurtimiz mahallalaridagi ma’naviy-ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maslahatchilar keng aholi qatlami orasiga kirib borishi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida, oilalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarning har tomonlama barkamol voyaga yetishida muhim omil bo‘lmoqda. Tanlovda tuman, shahar bosqichida g‘olib chiqqan maslahatchilar o‘z mahallalarida olib borayotgan ish faoliyati, yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish, o‘z hududi tarixi, an’ana va qadriyatlarini namoyish etdilar. Ularning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Kattaqo‘rg‘on shahar Meli Razzoqov nomidagi mahalla maslahatchisi Dilorom Xudoyberdiyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. So‘nggi yangiliklar: Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |