| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Ish o‘rinlari – yoshlargaO‘zA, T.Beknazarov, 30.07.2010 11:52 Jizzax viloyati Zomin tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida bandlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu yilning birinchi yarmida tumanda yaratilgan yangi ish o‘rinlarining bir ming 165 tasiga yoshlar joylashdi. Zomin tumanidagi tibbiyot, pedagogika, agrosanoat va maishiy xizmat sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan besh kasb-hunar kollejini bu yil bir ming 980 nafar yigit-qiz bitirdi. – Tuman hokimligi va kollejlar rahbariyati bilan birgalikda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilmoqda, – deydi Zomin tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori vazifasini bajaruvchi Furqat Jumayev. – Shunga ko‘ra, barcha kollej bitiruvchilarining ro‘yxati tuzilib, hududdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi bilan muvofiqlashtirildi. Shuningdek, yil davomida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari ish beruvchilar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar. Ana shu muloqotlar natijasida diplomoldi amaliyotini o‘tash hamda ishga joylashish bo‘yicha kollejlar, hududdagi ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida bir ming 300 ta uch tomonlama shartnoma imzolandi. Tumanda yangi ish joylari ochish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Yilning o‘tgan davrida 139 xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 33 tasi savdo, 78 tasi qishloq xo‘jaligi, uchtasi qurilish, ikkitasi maishiy va 19 tasi transport xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Yangi korxonalar ochilishi bilan ish o‘rinlari ham ko‘paydi. Kichik biznes subyektlarida 165 yigit-qiz bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Yuridik shaxs maqomiga ega yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga yaratilgan 211 ish o‘rnining 185 tasini, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga tashkil qilingan 373 ish o‘rnining 156 tasini yoshlar band etdi. Tuman markazida yaqinda ishga tushirilgan “Abulaziz-Doston-Jalol”, Dashtobod shaharchasidagi “Yoqubjon Sunnat o‘g‘li” g‘isht ishlab chiqarish korxonalarida ish bilan ta’minlanganlarning teng yarmini yoshlar tashkil etadi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar va qishloq qizlarining bandlik darajasini oshirishda kasanachilik imkoniyatlari, moliya muassasalarining imtiyozli kreditlari, kasb o‘rganish va malaka oshirish xizmatlari ham muhim omil bo‘layotir. Xususan, so‘nggi olti oyda kasanachilik asosida ishli bo‘lganlarning 431 nafari yoshlardir. So‘nggi yangiliklar: Raqamli teleko‘rsatuvlar uchun tyunerlar |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |