Saytning oldingi versiyasi Русский | English | Français | Deutsch

Jamiyat RSS

Qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida

O‘zA, N.Abduraimova, 08.02.2010 17:04

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida huquqni muhofaza qilish va sud organlarining faoliyatida qonunga rioya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davlatimiz rahbari tomonidan sud organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularning ijrosiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilgani alohida qayd etildi. Bu borada qabul qilingan qonunlar asosida sud-huquq tizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi.

Jinoiy jazo tizimini liberallashtirish, amalda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash jarayonlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, advokatura instituti isloh etildi. Sud qarorlarini ijro etish tizimi, prokuratura faoliyati takomillashtirildi.

Bu kabi chora-tadbirlarning amaliy ifodasi sud-huquq tizimida, xususan, sud organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning mas’uliyatiga ham bog‘liq. Zero, ularning faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi, boshqacha aytganda, jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyili to‘la amalga oshishiga xizmat qiladi. Tadbirda bu borada sud organlari oldida turgan vazifalar, sohani yanada takomillashtirish borasida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar xususida fikrlashildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari M.Rajabova so‘zga chiqdi.

So‘nggi yangiliklar:

Ko‘klam yumushlari avjida

Intilish va izlanish samarasi

Yosh avlod manfaatlari doimiy himoyada

Bayram tadorigi qizg‘in

Mahallada bayram shukuhi

Reklama