| Saytning oldingi versiyasi | Русский | English | Français | Deutsch |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Diqqat, tanlov!05.02.2010 18:40 Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” V milliy mukofoti O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi. 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2009 yilning 31 martidan 2010 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2010 yilning 10 apreligacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan: Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, stauetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Asosiy mukofotlar:
Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Rag‘batlantiruvchi mukofotlar doirasidagi nominatsiyalar:
Rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar diplom, statuetka va eng kam ish haqining 80 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan. Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak). Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 3 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak. Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak. Matbuot va internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim. Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
Tanlov g‘oliblarini mukofotlash marosimi Jahon matbuoti erkinligi kuni 2010 yil 3 mayda tantanali ravishda o‘tkaziladi. Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi. Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga jo‘natilishi lozim: O‘zbekiston Respublikasi, 100129, Toshkent shahri, Telefonlar: 244-64-61; 244-64-62; 244-37-87. www.Journalist.uz So‘nggi yangiliklar: |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |