Saytning oldingi versiyasi Русский | English | Français | Deutsch

Jamiyat RSS

Kitob – ma'naviyat ko'zgusi

O'zA, Sayyora Shoyeva, 22.01.2010 17:47

Mamlakatni modernizatsiyalash va islohotlar jarayonida xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy dunyosini boyitish muhim o’rin tutadi. Boshqa sohalarda bo’lgani kabi noshirlik faoliyatini takomillashtirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Poytaxtimizda nashriyotlarda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi monitoringini yuritishga bag’ishlab o’tkazilgan konferensiyada shular haqida gap bordi. O’zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nashriyotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda noshirlikni rivojlantirishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. 1996 yilda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyunda qabul qilingan “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori shular jumlasidandir. Shuningdek, sohaning texnik bazasi mustahkamlanib, modernizatsiya jarayoni amalga oshirildi. Bu kitoblar sifatining oshishiga va xalqaro standartlarga mos ravishda chop etilishiga xizmat qilayotir.

Yaratilayotgan imkoniyatlar bois yildan-yil nashriyotlar soni ortmoqda. Kitob bozorlarini sifatli mahsulot bilan to’ldirish, aholining turli adabiyotlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda davlat nashriyotlari bilan bir qatorda xususiy nashriyotlarning ham salmoqli hissasi bor.

– Nashriyotimizda 2009 yilda qariyb 100 nomda kitob chop etildi, – deydi G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bo’lim boshlig’i Muhiddin Omon. – Tarjimalar, klassik adabiyot namunalari va darsliklar shular jumlasidandir. O’tgan yilgi erishgan eng katta yutuqlarimizdan biri – XX asr jahon hikoyalari antologiyasini nashr etdik.

Nashriyotlarda chiqarilayotgan kitoblar monitoringi olib borilganda, ularning aksariyatida ijtimoiy ahamiyatga ega adabiyotlar nashr etilayotgani aniqlandi. Mustaqilligimizning 18 yilligiga bag’ishlab chop etilgan turli bosma nashrlar, yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish masalalariga bag’ishlangan adabiyotlar shular sirasiga kiradi.

Monitoring jarayonida yutuqlar bilan bir qatorda ayrim nuqson va kamchiliklar ham aniqlandi. Ba’zi nashriyotlar yetarli tajriba va tayyorgarlikka ega bo’lmay turib, darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etmoqda. Noshirlik qoidalari buzilgan, jiddiy xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan, iste’molchilar huquqi poymol qilingan holatlar ham, afsuski, uchraydi. Ana shunday kamchiliklarga yo’l qo’ygani, litsenziya bitimlaridagi majburiyat, maqsad va vazifalarni buzganligi uchun 28 nashriyot ogohlantirildi.

So‘nggi yangiliklar:

Intilish va izlanish samarasi

Yosh avlod manfaatlari doimiy himoyada

Bayram tadorigi qizg‘in

Mahallada bayram shukuhi

Zamonaviy nasos stansiyasi

Reklama