O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

11 noyabr kuni nodir astronomik hodisa — Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi

11 noyabr kuni nodir astronomik hodisa — Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi
2019 yil 11 noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib, 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor, xolos.

Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

429
O‘zA