O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

11-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 31 747 (+202) nafarni tashkil etmoqda.

11-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 31 747 (+202) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 46 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 526 nafar, Toshkent viloyatida 136 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 10 nafardan, Fargʻona viloyatida 3 nafar, jami 712 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 23 704 (+712) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 839 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

1 896
O'zA