Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.07.2018 09:30 Chop etish versiyasi

107 mahalladoshimiz xorijda...


№ 27 Намуна.jpg

Qo‘chqor KARIMOV,
“Namuna” MFY raisi:


– Mahallamiz tumandagi eng katta mahalla. Ko‘p ezgu ishlarda boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelganmiz. Ammo bugungi kunda 107 nafar fuqaromiz xorijga ishlash uchun ketgan. Ularning orasida qo‘li gul ustalar, pedagoglar, turli soha vakillari bor. Ko‘pchiligi esa ziyolilardir. Bu og‘riqli vaziyat.

Yaqinda xorijda ishlab yurgan 8 nafar mahalladoshimiz qaytib kelgach ish bilan ta’minlandi. Bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urib, jazo muddatini o‘tab qaytgan 7 nafar fuqarolarimizga ham doimiy ish topib berdik. Buning o‘zi yetarli emasligini yuqorida keltirilgan raqamlar isbotlab turibdi. Qolaversa, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan mahalladoshlarimiz ham bor.

Davlatimiz rahbari respublikamizning qaysi go‘shasiga bormasin, avvalo, aholi turmushi to‘kisligi, ularga munosib sharoitlar yaratilgani bilan qiziqadi. Uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish zarurligini ta’kidlaydi.

Shu maqsadda mahallamizda ham “Tadbirkorlik markazi”ni tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib turibdi.

Mahallamizda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, farzandlik burchini his etish muhimligi borasida tushuntirish ishlarini olib borayapmiz. O‘z navbatida Davlat byudjetiga tushadigan mablag‘larni hamkorlikda yig‘ish, qarzdorlikning oldini olish maqsadida chora-tadbirlar ko‘rilayotir. Birgina ikki kun davomida olib borilgan amaliy tadbirlardan so‘ng o‘n million so‘mdan oshiq qarzdorlik bartaraf etildi. Bu kabi sa’y-harakatlar mablag‘larning kelgusida maqsadli sarflanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA
2 572