O‘zA O`zbek

12.04.2019 17:02 Chop etish versiyasi

10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro ushlandi

10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro ushlandi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan farg‘onalik shaxs ushlandi.

Farg‘ona viloyati hududida turli jinoyatlar sodir etib tergov organlaridan yashirinib yurgan, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlash, ularga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bir necha nafar qidiruvda yurgan shaxslarning qo‘lga olinishiga erishildi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 109 nafar shaxs ushlandi.

Xususan, Farg‘ona shahrida yashovchi D.F O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi "g" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, shahar IIB tomonidan 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Joriy yil 11 aprel kuni Turkiya davlatidan Toshkent xalqaro aeroporti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olinib, ushlandi. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA
1 087