O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

10 ming AQSH dollari ham hal etolmaydigan ish

10 ming AQSH dollari ham hal etolmaydigan ish

19 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani IIB tomonidan X.X. ismli fuqaro firibgarlikda ayblanib qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi X.X. ismli ayol tanishi Yakkasaroy tumanida yashovchi G.S.ni test sinovlari natijasiga koʻra, past ball toʻplaganligi sababli Toshkent davlat pedagogika universitetiga apellyatsiya tartibida oʻqishga kirish masalasini hal qilib berishini aytib, undan 10 ming AQSH dollarini aldov yoʻli bilan olgan va ishini hal qilmasdan pullarini qaytarmaganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 212
G.Boboyeva, OʻzA