O‘zA O`zbek

09.08.2018 14:17 Chop etish versiyasi

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10-avgust kuni mamlakatimizda havo biroz bulutli bo‘ladi...

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdansekundiga 7-12 metr tezlikdaesadi.Ayrimjoylardashamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26, kunduzi 35-40,cho‘l hududlarida 42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiqbo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi,yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zA
2 916