O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

1-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 8671 nafarni tashkil etmoqda

1-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 8671 nafarni tashkil etmoqda

1-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8671 (+44) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5737 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2908 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

1 646
O'zA