O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

1-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 24 569 (+265) nafarni tashkil etmoqda.

1-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 24 569 (+265) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Surxondaryo hamda 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 184 nafar, Toshkent shahrida 170 nafar, Buxoro viloyatida 62 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar hamda Fargʻona viloyatida 4 nafar, jami 452 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 14 916 (+452) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 508 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

2 733
O'zA