O‘zA O`zbek

12.09.2020 Chop etish versiyasi

“Yoshlik” suv sporti markazi ishga tushdi

 “Yoshlik” suv sporti markazi ishga tushdi


Bundan bir oy avval Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Fargʻona shahar markazidagi sobiq yoshlar suv havzasini borib koʻrgani va bu yerni obodonlashtirish, maqsadli ravishda haqiqiy saylgohga aylantirilishi haqida mutasaddilarga qatʼiy topshiriq va muddat bergan edi.

Bugun “Yoshlik” suv sporti markazi taʼmirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi. U endilikda yoshlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylanadi.

photo_2020-09-12_20-46-38.jpg

photo_2020-09-12_20-46-42.jpg

- Fargʻonada bir necha yopiq suv havzalari boʻlib, ularda 3 mingdan ziyod yoshlar suv sportining 6 turi boʻyicha shugʻullanmoqdalar, - deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Murodjon Dadaboyev.

– Baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turini rivojlantirish maqsadida “Yoshlik”suv sporti markazida sportchilarning oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini olib borishlariga va kelajakda Osiyo, jahon va olimpiada musobaqalarida yuqori natijalarga erishishlariga zamin yaratildi.

photo_2020-09-12_20-46-24.jpg

photo_2020-09-12_20-46-32.jpg

Bu inshoot viloyat hokimligining juda katta yordami tufayli qayta tiklandi. Endi bu yerda yosh baydarka va kanoechilar yil davomida shugʻullana oladilar.

Suv havzasi yonidagi suv sporti mahorat maktabining ikki qavatli binosi, uning hududidagi 2 ta basseyn ham taʼmirdan chiqarildi. Birinchi kundanoq har ikki suv havzasida yosh sportchilar qizgʻin mashq jarayonini boshlab yuborishdi.


4 983
M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA.