Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.01.2017 12:52 Chop etish versiyasi

20 kishi ishli bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, prokuratura, Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida Mo‘ynoq sanoat-transport kasb-hunar kollejida tashkil etilgan tadbirda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yarmarkada tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 45 bo‘sh ish o‘rni taqdim etildi. Tadbir davomida 20 fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 3 ishtirokchi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bankdan imtiyozli kredit oladigan bo‘ldi.

– Kollejning oxirgi bosqichida tahsil olmoqdaman, – deydi Nursulton Aytjanov. – Yarmarkada qatnashib, o‘z biznesimni boshlash niyatida hujjatlar topshirdim. Bank tomonidan beriladigan imtiyozli kredit evaziga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, uch tengdoshimni ish bilan ta’minlashni mo‘ljallamoqdaman.

Yarmarka davomida mutaxassislar fuqarolarning mehnat qonunchiligiga oid imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha huquqiy bilimini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazdi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
1 565






Все о погоде - Pogoda.uz