Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 15:33 Chop etish versiyasi

“...Bugungi qishloq oilaviy poliklinikasi sobiq QVPdan tubdan farq qiladi”

deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan “Xalq rozi bo‘lsa, ishda unum va baraka bo‘ladi” sarlavhali maqolada.

“Shuni ham aytish kerakki, bugungi qishloq oilaviy poliklinikasi sobiq QVPdan tubdan farq qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan ushbu muassasalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va tekshiruv apparatlari bilan jihozlanmoqda. Qishloq oilaviy poliklinikalarida umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimlaridan tashqari, jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi kabi tor mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani aholi tibbiy ko‘rik va maslahat olish uchun tuman markaziga, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga qatnab yurishining oldini oladi”.

Maqolada Prezidentimizning 2017-yilning 29-martida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 793 qishloq vrachlik punkti negizida qishloq oilaviy poliklinikalari, 441 tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etilgani ta’kidlanadi. Faoliyati tugatilgan 658 QVP binolarini QVP va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida foydalanishga berilayotgani, QVPlar, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda xizmat ko‘rsatish vaqtini soat 08:00 dan 20:00 gacha uzaytirish hisobiga aholi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgani aytiladi.

751






Все о погоде - Pogoda.uz