Ikki bosqichdan iborat yosh olimlar anjumanining hududiy bosqichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazildi. Ularda 1 ming 600 ga yaqin yosh olim va talaba o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.

Yosh avlod qalbida o‘qish va izlanishga nisbatan muhabbat uyg‘otish, bu borada ularni har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash buyuk kelajakni barpo etishning muhim sharti hisoblanadi.

Toshkent moliya institutida bo‘lib o‘tgan «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘zining yuksak intellektual salohiyati bilan murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni bajarishga qodir yetuk yoshlar safi mamlakatimizda kengayib borayotganini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari O.Parpiyev va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish tizimini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yoshlarning puxta bilim olishi, iqtidorini to‘la namoyon etishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim omil bo‘lmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risidagi farmoyishi bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Prezidentimiz 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashib, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini takomillashtirish ilmning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan olim va tadqiqotchilar oldidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Fan va texnologiyalarni modernizatsiyalashga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish, yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida beshinchi marta tashkil etilgan “XXI asr – intellektual avlod asri” ilmiy-amaliy konferensiyasiga ana shu talablar asosida tayyorgarlik ko‘rildi.

Ikki bosqichda tashkil etilgan yosh olimlar anjumanining hududiy bosqichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazildi. Ularda 1 ming 600 ga yaqin yosh olim va talaba o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.
Yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida hududiy konferensiyalar yakunida 11 to‘plamdan iborat materiallar chop etilib, ta’lim muassasalariga tarqatildi. Birinchi bosqichda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 122 nafar ishtirokchi respublika konferensiyasida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

– Mamlakatimizda ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida isloh etilishi samarasida ajdodlarimiz merosini keng o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ldik, – deydi Andijon davlat universiteti talabasi N.Abdullayeva. – Men mamlakatimiz ta’lim muassasalarida matematikani o‘qitishda Sharq allomalarining merosidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqdaman. Bu o‘quvchilarga Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al-Xorazmiy singari bobokalonlarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasini ilmiy faktlar bilan tushuntirish bilan birga ularda milliy g‘urur tuyg‘ularining yanada ortishiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

Konferensiyada yosh tadqiqotchilar “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Texnika fanlari” sho‘balarida o‘z ilmiy izlanishlarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari olim va professorlari, soha mutaxassislari ishtirokida muhokama etdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvda soha xodimlari tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, davolash usullarini o‘zlashtirmog‘i zarurligini ta’kidladi, – deydi Buxoro davlat tibbiyot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi I.Sa’dullaeva. – Men o‘z maqolamda tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda tezkor jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandan keyingi davrda immunitet va ichki sekretsiya bezlari holatining xususiyatlarini o‘rganishga harakat qildim.

Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy izlanishlarini kelgusida amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, eng yaxshi ilmiy maqolalar mualliflari Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi