Toshkent moliya institutida «Hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkent moliya institutida «Hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda soha mutaxassislari, ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy izlanuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Institut prorektori N.Haydarov va boshqalar mamlakatimizda hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirish va unda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid loyihalar mazkur sohadagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirmoqda.

Iqtisodiy globallashuv sharoitida mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi va xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish hamda shu orqali hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirish vazifasini qo‘ymoqda.

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, aholining daromadi va turmush sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish ustuvor masalalardan biridir.

2016-2020-yillarda mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish, uning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini 48,7 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, ichki bozorni qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar bilan to‘ldirish, eng muhimi, yangi savdo yo‘laklari ochishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ana shunday hududlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda barpo etilgan «Navoiy», «Jizzax», «Angren» erkin iqtisodiy zonalari yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, hududlarda zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim qadam bo‘ldi. Anjuman davomida mazkur erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiyotimiz rivojidagi ahamiyati, tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari va tatbiq qilinadigan yangi loyihalar xususida fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmoqda