O‘zA O`zbek

19.06.2019 Chop etish versiyasi

Xalq taʼlimidagi muammolarga bugungi munozara oydinlik kiritadi(mi?)

Xalq taʼlimidagi muammolarga bugungi munozara oydinlik kiritadi(mi?)

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati, soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda tadbir boshlandi.

Birinchi eʼtiroz: tegishli maktabga qabul qilish faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini ogʻir qilish emasmi?
•Ikkinchi eʼtiroz: Maktablarga hududlarning biriktirish boʻyicha biror bir mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlash vakolatini berishning nima keragi bor?

•Uchinchi eʼtiroz: Nima uchun asosiy kvotaga taʼlim berish tilini inobatga olgan holda tegishli taʼlim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlarda yashovchi bolalar toʻliq va toʻgʻridan-toʻgʻri kiritilmayapti?

•Toʻrtinchi eʼtiroz: Nima uchun 6 yoshga toʻlgan, biroq, tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga toʻlmagan bolalarni asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinishi nazarda tutilmagan? ...Bular amaldagi Konstitutsiyamiz va qonun normasiga, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizom talablariga zidku?

•Beshinchi eʼtiroz: Nega, tegishli umumtaʼlim muassasasiga yoʻllanmaga ega va bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomada oʻqishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud boʻlganda (sogʻlom ekanligi koʻrsatilganda) bolani tegishli umumtaʼlim muassasasiga qabul qilinishi shart ekanligi va hech qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilishni rad etish mumkin emasligi koʻrsatib qoʻyilmagan?

•Oltinchi eʼtiroz: Toshkent shahrida toʻlov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinishi belgilangan bu tartib jamiyatimizda aholini boy va kambagʻalga ajratishning hukumat hujjati bilan qoʻllab-quvvatlangan oshkora koʻrinishiga olib kelmaydimi?

5c3bd3e4-50c8-4c24-9eec-d43b9e13e8df.jpg

Shu va boshqa savol va eʼtirozlarga ushbu ochiq muloqotda javob olishingiz mumkin.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-iyun kuni qabul qilingan “Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, vazirning birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov va sohaning boshqa mutasaddi xodimlari ishtirok etishadi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida ushbu tadbir onlayn yoritib boriladi. Bizni kuzatib boring!

2 500
OʻzA