Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 10:05 Chop etish versiyasi

Toshkentda xalqaro simpozium boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida “Tabiiy birikmalar kimyosi, biologiyasi va texnologiyasi” mavzuida XII xalqaro simpozium boshlandi.

Mazkur xalqaro simpoziumda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Pokiston kabi mamlakatlardan ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda. Anjumanda tabiiy birikmalar kimyosi, biologiyasi, farmakologiyasi va texnologiyasining dolzarb muammolari, dori-darmon va qishloq xo‘jaligi vositalari, biologik faol qo‘shimchalar yaratish hamda qo‘llash masalalari muhokama etiladi.

Simpozium 8-sentabr kuni «Quyi molekulyar bioregulyatorlar», «Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar» va «Tabiiy birikmalar kimyosi» seksiyalarida o‘z ishini davom ettiradi. 

O‘zA
1 033






Все о погоде - Pogoda.uz