O‘zA O`zbek

14.06.2019 Chop etish versiyasi

Toshkentda Moskva davlat texnika universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Moskva davlat texnika universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Ushbu imtihon Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq xorijlik mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasining nufuzli ta’lim muassasasiga kirish jarayoni 2 bosqichda amalga oshirildi. Rus tilida matematika, fizika, informatika, kimyo, informatika fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlardan eng yuqori ball to‘plagan nomzodlardan 20 nafarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati homiyligi asosida o‘qishga yuborish rejalashtirilgan.

a5ee2162-fb21-42f1-99e2-f4499fe6700d.jpg

Nomzodlar kontingentini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan yosh temiryo‘lchilar, temiryo‘lchilarning farzandlari, temir yo‘l tasarrufidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti I bosqich talabalari tashkil qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ayni vaqtda 56 nafar o‘zbek yoshlari Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tahsil olmoqda.

1 624
O‘zA