O‘zA O`zbek

17.06.2019 Chop etish versiyasi

Test topshiriqlarini shakllantirish uchun ekspertlar guruhi tuzildi

Test topshiriqlarini shakllantirish uchun ekspertlar guruhi tuzildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida brifing davom etmoqda.


Unda DTM mutasaddilari ma’lum qilishicha, bu yil test topshiriqlarini shakllantirish maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha ekspertlar guruhi shakllantirilgan. 

2019 yildagi test sinovlari uchun 180 mingdan ortiq test topshirig‘ini shakllantirish rejalashtirilgan. Unda o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlarining bir xilligi ta’minlanmoqda. 

Test topshiriqlari bazasini shakllantirish bo‘yicha Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya tajribasi o‘rganilib, joriy yilda yangilik kiritildi. Jumladan,test topshiriqlarida grafik, yozuvsiz karta, rasmlar qo‘llanilmoqda. 

Yurtimiz OTMlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun 69 ta bino ajratilgan. Ularning eng kattasi 1710 o‘rinli bo‘lib, bir kunda va 2 smenada 12 ming 75 guruhda 38 ming 310 nafar abiturient test topshirishi mo‘ljallanmoqda. 

1 261
Barno Meliqulova, O‘zA