O‘zA O`zbek

12.07.2019 Chop etish versiyasi

Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Joriy yilning 12 iyul sanasida Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “O‘ZKO‘RGAZMASAVDO” savdo markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash, abiturientlarning imtihon jarayonini erkin kuzatish imkonini yaratish, kutish vaqtida ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar rahbariyati va Davlat test markazi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

Nomzodlar matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini ta’lim shaklidan kelib chiqqan holda o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida topshirdilar.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, Milliy gvardiya tasarrufidagi Temurbeklar maktabiga o‘qishga kirish uchun 900 dan ortiq nomzod hujjatlarini topshirgan bo‘lib, bir o‘ringa taxminan 6 ta nomzod to‘g‘ri keldi.

12 495
O‘zA