O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning bir guruh ilm-fan namoyandalari, davlat va jamoat tashkilotlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan 25-yil mobaynida mamlakatimiz ilm-fani salmoqli yutuqlarga erishgani, ko‘plab ilmiy kashfiyot va ixtirolar qilingani, ammo bugungi zamon barcha sohalar qatori ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotganini alohida ta’kidladi. Bu ishni bizga hech kim tashqaridan kelib amalga oshirib bermasligi, buni o‘zimiz, o‘z kuchimiz bilan qilishimiz lozimligi va buning uchun oliy ta’lim, akademik ilm-fanning sifatini oshirish zarurligini qayd etdi. Yig‘ilish ishtirokchilariga qarata “Men bugun bu yerga sizlarni eshitish uchun, sizlarning har biringizning fikr-mulohazalaringizni tinglash uchun keldim”, dedi.

Prezidentimizning bu so‘zlarini tinglab, tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning Amir Temur haqidagi fikrlari yodimga tushdi. Sohibqiron bobomiz olimlar va ruhoniylarni majlisga chaqirib, unda nutq so‘zlagan, mamlakatni, fuqarolarni boshqarishda, turli inshoot va binolar qurilishi, bog‘lar barpo etishda olimlar o‘z maslahati bilan qo‘maklashishini so‘ragan. Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida shunday uchrashuvlardan biri haqida yozib qoldirgan. Tarixchining yozishicha, Amir Temur to‘planganlar oldida nutq so‘zlagan va unda “Fan va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podsholarga yordam berib kelganlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda menga o‘z maslahatingiz bilan ko‘maklashishingiz kerak. Agar oldin bizning diqqat-e’tiborimizda o‘zga mamlakatlar bilan bog‘liq muammolar turgan bo‘lsa, endilikda mamlakatda xotirjamlik o‘rnatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bosh vazifamizdir. Bu olijanob ishda menga yordam berishlaringizni iltimos qilaman”, degan.

Prezidentimizning so‘zlarida ham, Amir Temurning nutqida ham bir maqsad mujassam: ilm-fanni taraqqiy ettirish orqali fuqarolarning turmushini yaxshilash, mamlakatni rivojlantirish va tinchilikni mustahkamlash, yurtni yanada obod va farovon qilish.

To‘rt soatdan ortiq davom etgan ushbu uchrashuvda olimlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, ularni hal qilish yo‘llari haqida so‘zladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev suhbat davomida xalqimiz orasidan jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan xorazmiylar, buxoriylar, Mirzo Ulug‘beklar chiqqani, ularning o‘z maktabi bo‘lgani, ammo bugun bu an’ana to‘xtab qolganini afsus bilan gapirdi. Darhaqiqat, bizning ajdodlarimiz yaratgan ilm-fan yutuqlari bugun jahon xalqlari mulkiga aylangan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas.

Uchrashuvda Prezidentimizning bugungi kunda oliy ta’lim, Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yo‘q, har bir soha o‘zicha faoliyat yuritmoqda, degan gapi ko‘pchilikning yuragidagi gap bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ham akademiklar bilan o‘tkazilgan uchrashuvga alohida to‘xtalib, unda bayon etilgan fikrlar asosida chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Demak, bu uchrashuv mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishi, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Amriddin Berdimurodov,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
Arxeologiya instituti direktori.
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy uchrashuv