Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, Xalq talimi vazirliklari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Vengriya, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlaridan taniqli navoiyshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar istiqlolning dastlabki yillaridan milliy o‘zligimizni anglash yo‘lida buyuk ajdodlar nomini tiklash, ularning nodir ma’naviy merosini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– O‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon bir oiladek yashab kelayotgan inoq xalqlardir, – deydi Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalar sho‘basi mudiri Almaz Uvli. – Bu Navoiyning ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik kabi go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qimmatli g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Shoir nomi bilan ataluvchi Navoiy viloyatida bunday yirik anjumanning o‘tkazilishi buyuk so‘z san’atkoriga bo‘lgan cheksiz hurmat belgisidir. Buyuk mutafakkir ijodi biz, avlodlar uchun ulkan ma’naviy boylik bo‘lib, uni birgalikda o‘rganmoq, teran anlamoq har birimiz uchun sharafdir.

Viloyat markazida qad rostlagan buyuk mutafakkirning muazzam haykali atrofi doim yoshlar bilan gavjum. Xiyobonga tutash muhtasham Yoshlar markazi shijoatli yoshlarning ziyo maskanidir. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan 15 dan ortiq fan, sport, san’at to‘garaklarida ko‘plab iste’dod egalarini uchratish mumkin.

Shahardagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i butkul yangicha qiyofaga kirdi. Bu yerda musiqali rangli favvoralar o‘rnatildi, yozgi sahna, 22 attraksion, kurash maydoni, savdo nuqtalari barpo etildi. Alisher Navoiy haykali atrofiga manzarali daraxtlar ekilib, ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi. Qariyb 4 gektar maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Bunday yangilanish va ulkan e’tibor Navoiy siymosiga qaratilayotgan hurmat ramzidir.

Navoiy shahridagi “Farhod” va “Shirin” madaniyat saroylari madaniyat va ma’rifat maskaniga aylangan. Har ikki maskanda yoshlar san’at turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. “Farhod” madaniyat saroyining nodir adabiyotlarga boy kutubxonasi o‘quvchilar bilan gavjum.

– Bugungi konferensiya chin ma’noda noyob qadriyatlarni qayta tiklash va yana bir bor e’tirof etishda muhim omil bo‘ldi, – deydi Qozog‘iston milliy universiteti professori Azamat Akbarov. – Buyuk Alisher Navoiyning XV asrda joriy etilgan “ustoz-shogird” an’anasining keng tahlil etilib, bugungi kunda G‘arb davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’limga integratsiya qilinishi ushbu ta’lim maskanlarining yanada yuqori pog‘onalarga erishishiga xizmat qilmoqda. Konferensiyada “ustoz-shogird” masalasiga bag‘ishlangan ma’ruzamda XXI asrda G‘arb universitetlari hamda XV asrdagi Navoiy maktabining qiyosiy tahlilini ochib berishga harakat qildim.

Anjumanda ishtirokchilar sho‘balarga bo‘linib, Navoiy ijodini o‘rganishda erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar o‘tkazdi. Buyuk mutafakkir asarlarini dunyo tillariga tarjima qilish, zamonaviy o‘quvchiga yetkazish borasidagi ilmiy izlanishlar samarasi tahlil etildi.

Konferensiyada Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ko‘rgazma tashkil etilib, “Farhod” madaniyat saroyida mamlakatimizning taniqli aktyor va san’atkorlari tomonidan sahna ko‘rinishi ijro etildi, shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Anjumanda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy shahrida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi