Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni olimlar bilan uchrashuvda mamlakatimiz taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni alohida ekani, binobarin, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Yurtimizning turli hududlarida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qadimiy Termiz shahrida olib borilayotgan qazish ishlari buning yorqin dalilidir.

Termiz o‘zining qulay geografik joylashuvi bilan yurtimiz tarixida hamisha alohida o‘rin tutgan. Amudaryo bo‘yidagi ko‘hna bu shahar Sharqni G‘arb, Shimolni Janub bilan bog‘lovchi savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan. Qadimgi Termizda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar shaharning turli tarixiy davrlariga oid yangi noyob ashyoviy dalillarni qo‘lga kiritish imkonini bermoqda. Bu topilmalar shahar tarixi va madaniyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni yanada boyitadi. 2016 yili qadimiy Termiz majmuasi tarkibiga kiruvchi Qoratepa buddaviylik markazidan rangli devoriy suratlar topildi.

Buddaviylik bilan bog‘liq ushbu ibodatxona majmuasi Qoratepa yodgorligining shimoliy tomonida joylashgan bo‘lib, hozirgacha monumental memorial inshoot-stupa va to‘rt tomondan uzun yo‘laklar bilan o‘ralgan katta hovli o‘rganilgan. Ibodatxonaning o‘rganilgan qismi tarixi, o‘lchami va saqlanishi o‘z davrida bu majmua g‘oyat mahobatli inshoot bo‘lgani va uning qurilishida zamonasining ilg‘or me’moriy yechimlaridan keng foydalanilganidan guvohlik beradi. Tadqiqotlar davomida topilgan moddiy ashyolar ibodatxona intereri turli ko‘rinishdagi naqshli va syujetli devoriy suratlar hamda loy-ganchdan yasalib, toshdan taralgan haykallar bilan bezatilgani binoga o‘ziga xos sirlilik va hashamat baxsh etganini ko‘rsatadi. Bu topilmalarning har biri o‘ziga xos nafis va betakrorligi bilan ajralib turadi.

O‘tgan yili ibodatxona majmuasining to‘liq me’moriy ko‘rinishini aniqlash maqsadida yodgorlikning g‘arbiy qismida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida xonalarning biri rangli devoriy suratlar bilan bezatilgani ayon bo‘ldi. Hozircha xonaning tarixi aniqlanmagan. Tomonlari 4 metrdan kam bo‘lmagan to‘rtburchak shaklidagi xona devorlari balandligi 3,5 metr, qalinligi 90 santimetrga teng bo‘lgan. Devorning qalinligi xonani qishda iliq saqlash imkonini bergan bo‘lsa, yoz jaziramasida salqin bo‘lishiga xizmat qilgan. Devor g‘ishtdan terilgan, somonli loy suvoq bilan suvalib, ohak bilan bo‘yalgan. Rangli syujetli rasmlar ohakli bo‘yoq ustiga chizilgan.

Qadimgi ajdodlarimizning syujetli rangli devoriy suratlari bor-yo‘g‘i 2,5-3 m3-maydonda o‘rganildi. Xonaning to‘rt devori ham ana shunday suratlar bilan bezatilgan, deb taxmin qilish mumkin. Devoriy suratlar ba’zi joylarda 3,8 m balandlikkacha saqlanib qolgan. Ushbu devoriy suratlar ma’lum sabablarga ko‘ra, o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan bo‘lsa-da, ayni paytda Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yaxshi saqlangan devoriy surat namunalaridan hisoblanadi. Yangi topilmalarning noyobligi, unda tasvirlangan kompozitsiyaning yaxlit holda saqlanib qolgani uning badiiy qiymatini yanada oshiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, qadimgi rassomlar xonani suratlar bilan bezatishdan oldin xona devorlari sathini uch yarusga bo‘lganlar. Birinchi yarus, ya’ni pastki qismi ma’lum balandlikda to‘q qizil rangli oxra bilan bo‘yalgan. Ikkinchi va uchinchi yaruslar o‘ziga xos ko‘rinishdagi bir necha “ramka”ga bo‘lingan va ularda ma’lum kompozitsiyani o‘zida ifoda etgan rasmlar joylashtirilgan. Rassomlar shunday usul bilan tomoshabin ko‘zi oldida “ramka”da joylashgan suratlar kompozitsiyasini to‘laqonli namoyon etishga, tomoshabinning idrokini kengaytirishga harakat qilgan. Buni “ramka”lardagi suratlar kompozitsiyasi misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, to‘q qizil rangli “ramka”lardan birida to‘rt figuradan iborat kompozitsiya tasvirlangan. “Ramka”ning chap yarmida tasvirlangan figura kompozitsiyaning asosiy ishtirokchisidir. Suyanchiqli taxtiravonda o‘tirgan holda tasvirlangan bu figuraning yuz ko‘rinishi saqlanib qolmagan. Uning tepasida soyabon bor. Chap tomonida yosh yigit gavdalantirilgan. Uning ortida erkak va ayol tasviri aks etgan. Bu kompozitsiyani buddaviylik badiiy madaniyatida keng tarqalgan “iloh va donatorlar” syujeti ma’nosida izohlash mumkin.

Suratning kompozitsion texnikasi, uslubi va xarakteri rassomning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Har bir holatda rassom syujet ma’nosidan kelib chiqqan holda, kompozitsiyaviy va rang berish usullarini o‘rinli qo‘llagan. Har bir obraz individual ko‘rinishga ega va betakror. Odamlar harakatda tasvirlangan. Ayni paytda ularning barchasi yagona syujetga bo‘ysundirilgan. Personajlardan biri to‘rtdan uch qism o‘chirilgan holda tasvirlangani alohida e’tiborga molik. Bu hozircha O‘rta Osiyo rassomchiligining eng yaxshi saqlangan shunday usuli namunasidir.

Foydalanilgan bo‘yoqlar rangi ham kishini hayratga soladi. Har xil rangdagi qizil oxra, qora, jigarrang va oq bo‘yoqlar tomoshabinga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Rassomning yuksak mahorati u yoki bu obrazni ifodalashda bo‘yoqlar kombinatsiyasidan ustalik bilan foydalanganida ham namoyon bo‘ladi. Obrazlar chehrasida ko‘tarinki ruh yuksak mahorat bilan ifodalangan. Individual va o‘ziga xos yaratilgan obrazlar chehrasi va ko‘zidan buni yaqqol ilg‘ab olish mumkin. Ular xuddi tirikka o‘xshaydi. Bu rasmdagi o‘rta yoshli erkak obrazi tasvirida shundoq ko‘zga tashlanadi. Uning yuzi oval ko‘rinishda, peshonasi keng, qirraburun, ko‘zlari katta, mo‘ylabi o‘ziga xos. Lablarining qisilgan holda tasvirlanishi diqqati jamlanganligini bildiradi. 

Qoratepa suratlarining uslub va usullari bu rasmlarni chizgan rassomning yunon-baqtriya san’ati an’analaridan yaxshi xabardor ekanini ko‘rsatadi. Bu hol, ayniqsa, yaratilayotgan obrazlarni turli holat va ko‘rinishda tasvirlash usulidan foydalanishda hamda tasvirlanayotgan obrazlarga o‘ziga xos ta’sirchanlik kasb etuvchi yechimlarni qo‘llashda yorqin namoyon bo‘lgan.

Ushbu noyob devoriy suratlarni milodiy II-III asrlarga taalluqli, deyish mumkin. Bu sanani o‘rganish davomida topilgan tangalar ham tasdiqlaydi. Bu erda kushonlar shohi Kanishka III tangalariga taqlid qilib zarb etilgan ikkita tanga topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, tangalar milodiy III asr oxirlarida muomalada bo‘lgan. O‘ylaymizki, kelajakda devoriy suratlarning qolgan qismi kashf qilinishi, uslub va usullarining chuqur o‘rganilishi ularning aniq sanasini belgilash imkonini beradi.

Shunisi diqqatga sazovorki, bizning mintaqada “ramka” ichiga joylashtirilgan devoriy suratlar shu choqqacha ma’lum emas edi. Bu borada Qoratepa suratlari birinchi namunadir. Bunday usul Sharqiy Turkistonda keng tarqalgan bo‘lib, ular ilk o‘rta asrlar bilan belgilanadi. Bu holat bizga Sharqiy Turkistonda rasmni o‘ziga xos “ramka”da tasvirlash an’anasi Baqtriya, xususan, Termiz rassomchilik maktabining Buyuk ipak yo‘li ta’sirida ro‘y bergan, degan taxminni ilgari surishga asos bo‘ladi. Ma’lumki, Buyuk ipak yo‘li nafaqat tijorat, balki o‘zaro madaniy, ma’rifiy va ma’naviy almashinuvlar ta’siri vazifasini ham bajargan. Bu yo‘l orqali savdo karvonlari bilan bir qatorda hunarmandlar, madaniyat va san’at ahli harakat qilgan. 

Qoratepada rangli syujetli devoriy suratlar kashf etilishi arxeologiya ilmida o‘ziga xos tarixiy voqeadir. Chunki milodiy II-III asrlarga oid va bunday yaxshi saqlangan devoriy suratlar hali fanga ma’lum emas edi. Bu topilma moziydan bizgacha yetib kelgan haqiqiy betakror san’at durdonasi bo‘lib, Markaziy Osiyo san’ati tarixida yangi sahifa ochadi, ajdodlarimiz ma’naviy dunyosi naqadar yuksak bo‘lganini isbotlaydi. Shu bilan birga, o‘sha davr odamlarining jismoniy ko‘rinishi, liboslari va zargarlik san’ati rivojini o‘rganishda bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi. Davom etayotgan arxeologik tadqiqotlar xalqimizning qadimiy va turfa badiiy madaniyati haqidagi bilim-tasavvurlarimizni boyitadi. Yangi syujet va obrazlar kashf qilinishi ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho merosini dunyoga yanada keng tarannum etishda muhim omil bo‘ladi.

Shokir Pidayev, 
O‘zFA  San’atshunoslik 
instituti direktori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoratepa devoriy suratlari ajdodlarimiz yuksak badiiy tafakkurining mahsuli