O‘zA O`zbek

04.07.2019 Chop etish versiyasi

Prezident maktablariga saralash imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinadi?

Prezident maktablariga saralash imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinadi?

2 iyul kuni saralash imtihonlari barcha 4 ta – Toshkent, Namangan, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida o‘z yakuniga yetdi.

Saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra jami ishtirok etishi kerak bo‘lgan 27 471 o‘quvchidan 27 119 (98,7%) nafari qatnashdi. 349 (1,3%) o‘quvchi imtihonlarga kelmagan bo‘lsa, 3 o‘quvchi imtihondan chetlashtirildi.

Javoblar varaqlari imtihon o‘tkazilgan joylarning o‘zida “Cambridge Assessment International Education” vakillari tomonidan tegishli qutilarga joylanib, muhrlandi va tekshirish uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi.

Saralash imtihoni natijalari 16 iyulga qadar e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Natijalarni onlayn tarzda ko‘rish imkoniyati yaratiladi va alohida ko‘rsatma beriladi.

Yakuniy imtihonlar 21-24 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichga 27 119 nomzoddan 11 520 tasi (41,8%), ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar yo‘llanma olishadi.

10 553
O‘zA