O‘zA O`zbek

25.06.2019 Chop etish versiyasi

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 26 iyun - 3 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 26 iyun - 3 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

1-22 iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, ya’ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791 tani tashkil etgan bo‘lsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211 tani tashkil etdi.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.

Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir o‘ringa o‘rtacha raqobat 49 o‘quvchini tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o‘rtasida – 1 o‘ringa 92 nafar o‘quvchini (Namanganda 118 o‘quvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga 1-22 iyun davomida umumiy topshirilgan hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boshqa kesimlarda) infografikada ko‘rishingiz mumkin, deya xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi.

3 999
O‘zA