O‘zA O`zbek

01.07.2019 09:35 Chop etish versiyasi

Prezident maktablari saralashi: 2-kunda 8175 o‘quvchi test topshirdi

Prezident maktablari saralashi: 2-kunda 8175 o‘quvchi test topshirdi

30 iyun kuni Prezident maktablariga imtihonlar respublikaning 4 ta hududida katta sig‘imli inshootlarda tashkil etildi.

Imtihonlarda jami 8 175 nafar (98,3%) o‘quvchi ishtirok etdi. 143 nafar (1,7%) o‘quvchi imtihonlarga kelmagan bo‘lsa, 1 nafar o‘quvchi imtihondan chetlashtirildi (uyali aloqa vositasini olib kirgan).

Imtihon jarayonida ko‘ngilsiz voqealar kuzatilmadi.

Birinchi bosqich imtihonlari bo‘yicha jami (29 va 30 iyun kunlari) 17 063 nafar (98,3%) o‘quvchi ishtirok etdi. 288 nafar (1,7%) o‘quvchi imtihonlarga kelmagan bo‘lsa, 3 nafar o‘quvchi imtihondan chetlashtirildi.

photo5244792914465368720.jpg

O‘zA
5 963