Xalq taqdiri ona tili taqdiriga bevosita bog‘liq. Zero, ona tilini yo‘qotmoq – millat ruhi, tarixini yo‘qotmoqdir. Dunyo xalqlari bilan muloqotga kirishish, do‘stlik rishtalarini bog‘lash va tinchlikni saqlashda tilning o‘rni beqiyos.

"Xorijiy tillarni o‘qitishda ona tilining ahamiyati: muammolar, yechimlar va istiqbolli rejalar". Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-metodik elektron jurnali va internet portali tahririyati bilan hamkorlikda ilk bor tashkil etilgan masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya shunday nomlandi. Unda oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi-professorlari, chet ellik mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Masofaviy konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi, xorijiy tillarni o‘rganishning huquqiy asoslari mustahkamlanayotgani, aholi o‘rtasida til o‘rganishning ijtimoiy ahamiyati ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbirda Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2016-yil 13-maydagi «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash, dunyo mamlakatlari tajribasini o‘rganish, uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitish jarayonida ona tilining ahamiyati (interferensiya) kabi dolzarb masalalar, bu yo‘nalishda ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

– Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya an’anaviy konferensiyalardan farq qiladi, – dedi «O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-metodik elektron jurnali va internet portali direktori Gulmira Shukurova. – Bunda keng jamoatchilik zamonaviy axborot texnologiyalari orqali istalgan vaqtda va joyda virtual bahs-munozaraga kirishishi mumkin. Ushbu tadbir o‘zbek tilining nufuzini oshirish, yoshlarning xorijiy tillarga qiziqishini kuchaytirish, sohaga yangi innovatsion loyihalar kiritish singari ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Tadbirda «Tillarni o‘rganishda ona tilining o‘rni», «Ingliz tilida artikllarning generativ grammatik tahlili», «Interferensiya jarayonida materialni tanlash, baholash va adaptatsiya qilish» kabi mavzularda ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

– O‘z ona tilini yaxshi bilgan odam xorijiy tillarni tez va oson o‘rganadi, – deydi AQShning Azusa Pasifik universiteti professori Nensi Ekles. – O‘zbekistonda ta’lim tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi mamlakatingiz yoshlarining turli tillarda o‘z ona tilidek so‘zlashishlariga imkon bermoqda. Ularning tillarga bo‘lgan ishtiyoqi meni juda quvontirdi.

Masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya www.conference.fledu.uz saytida 28-aprelga qadar davom etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilini yaxshi bilgan xorijiy tillarni tez o‘rganadi