O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Olimlar saraton xavfini oshiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqladi

Olimlar saraton xavfini oshiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqladi

Isroilning Lautenberg universiteti immunologiya va saraton tadqiqotlari markazi olimlari xulosasiga koʻra, antioksidantga boy mahsulotlar ayrim saraton kasalliklari xavfini oshirishi mumkin ekan.

Xususan, puxta tahlil natijasida yoʻgʻon ichakda saratonning tez rivojlanishiga sabab boʻladigan “aybdorlar” aniqlangan. Bular qora choy, shokolad, yongʻoq kabi antioksidant miqdori yuqori oziq-ovqat mahsulotlaridir.

Olimlarning fikricha, saraton hujayralari koʻpayishida hal qiluvchi rolni “p53” deb nomlangan oqsil oʻynaydi. Bu modda hujayradagi irsiy mutatsiyani bostiruvchi hujayrali toʻsiq vazifasini bajaradi. Oqsil nafaqat hujayrani himoya qilishdan toʻxtaydi, balki saraton rivojlanishini ragʻbatlantirib, oʻsma tarqalishi va kattalashishiga ham yordam beradi.

Ayni tajriba antioksidantga boy mahsulotlar bilan doimiy oziqlantirilgan sichqonlar ustida oʻtkazildi. Natijada “r53” oqsili sichqon ichak florasida saratonni qoʻzgʻatuvchi rejim tezlashishiga sabab boʻlgani aniqlandi.

27 536
OʻzA