O‘zbekistonlik matematik olim, Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov 2018 yil 26 yanvar Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) a’zosi etib saylandi.

O‘zbekistonlik matematik olim, Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov 2018-yil 26- yanvar Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) a’zosi etib saylandi. Bu haqda xalqaro tashkilotning rasmiy saytida xabar qilindi.

Butunjahon fanlar akademiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik xalqaro ilmiy muassasadir. Bugungi kunda mazkur nufuzli ilmiy tuzilma sayyoramizning barcha qat’alaridan ming nafardan ziyod yetakchi olim, muhandis va ixtirochilarni birlashtirib kelmoqda. Kuni kecha tashkilotning yangi a’zolarini aniqlash bo‘yicha barcha haqiqiy a’zolar ishtirokida o‘tkazilgan saylovda o‘zbek olimi ana shunday yuksak sharafga munosib topildi. Unda ilmiy tuzilma tarkibiga dunyoning 24 mamlakatidan 55 nafar yangi a’zo saylandi. O‘tkir Roziqov Markaziy Osiyodan yangi saylangan ikki olimning biridir. Bugunga qadar O‘zbekiston olimlaridan to‘rttasi (Ayupov Sh.A. - 2003- yilda, Abduraxmonov I.Y.- 2014-yilda, Ganiyev R.A. - 2008-yilda, Rozikov O‘.A. - 2018 yilda) TWASning haqiqiy a’zolari sifatida saylangan.

Hamyurtimiz matematik analiz, algebra va extimollar nazariyasining zamonaviy usullari bilan fizik va biologik sistemalarning termodinamikasi va dinamikasi nazariyalarini yaratib, ularni tabiiy fanlarda qo‘llashda yuksak natijalarga erishgan jahonda ko‘zga ko‘ringan matematik olimdir.

O‘.Roziqov 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ahamiyatlisi shundaki, nashrlarining katta qismi yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda chop etilgan. Olingan natijalari halqaro miqyosda yuqori baholangani bois O‘.Roziqov 20 dan ortiq yetakchi xalqaro universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan - eng obro‘li ilmiy minbarlarda o‘z sohasi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.

O‘.Roziqov yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir necha yildan buyon sermahsul faoliyat yuritib keladi. Uning ilmiy rahbarligida 8 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori dissertatsiyalari himoya qilingan, bugungi kunda shogirdlari orasidan 3 tasi PhD va 2 tasi fan doktori ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqdalar.

photo5451802993738492036.jpgO‘tkir Roziqov 1970-yilda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida avval aspiranturani so‘ngra doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov institutda 2001-yildan buyon yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelmoqda.

Fundamental fan sohasidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari uchun O‘.Rozikov 1995-yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi mukofoti, 2000, 2001, 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) muassisligidagi yosh olimlar uchun xalqaro mukofoti berilgan.

2003-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti hamda “Springer Nature Top Author” xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik olim Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi