Toshkentdagi Turin politexnika universitetining ilg‘or tadqiqotlar laboratoriyasi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish institutining binolar seysmobardoshliligi kafedrasidagi hamkasblari bilan hamkorlikda yurtimiz madaniy yodgorliklarini asrab-avaylashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining ilg‘or tadqiqotlar laboratoriyasi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish institutining binolar seysmobardoshliligi kafedrasidagi hamkasblari bilan hamkorlikda yurtimiz madaniy yodgorliklarini asrab-avaylashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. Ular Samarqanddagi Bibixonim masjidi ansamblining muhandislik holatini real vaqt rejimida monitoring qiladigan tizim o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu mazkur tarixiy yodgorlikning bardoshliligini uzaytirishga xizmat qiladi. Buni amalga oshirish imkoniyati o‘zbek olimlarining ilg‘or innovatsion tadqiqotlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilishi samarasida paydo bo‘ldi.

Nochiziqli dinamika va tartibsizlik nazariyasi, murakkab tizimlar fizikasi, nanoo‘lchamdagi tizimlar fizikasi, ilg‘or fotovoltaik materiallar fizikasi, kvant informatikasi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ilg‘or tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.

Oliy ta’lim muassasasi xodimlari ikkita xalqaro grant – GFRning Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federativ vazirligi hamda AQSh elchisining madaniy qadriyatlarni saqlashga oid grantini qo‘lga kiritdi. Mazkur grantlardan biri doirasida laboratoriya xodimlari Bibixonim ansamblini saqlash bo‘yicha o‘z loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zA muxbiri universitetning ilg‘or tadqiqotlar laboratoriyasi kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Davron Matrasulov bilan suhbatlashdi:

– Yurtimizda ko‘plab me’moriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, – deydi D.Matrasulov. – Shunday ekan, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishni ta’minlash vazifamizdir. Chunki quyosh, shamol ta’siri va vaqt o‘tishi bilan ularda tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Innovatsion markazimizda yaratilgan monitoring qilish tizimi bularning barchasini real vaqt rejimida kuzatish va ushbu ma’lumotlarni kompyuterga yozib borish imkonini beradi. Bir paytning o‘zida havo harorati va namligi, atmosfera bosimi ham kuzatib boriladi.

Loyiha ishlari Toshkent arxitektura-qurilish institutining binolar seysmobardoshliligi kafedrasi bilan hamkorlikda joriy yil noyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi. Keyingi yil mart oyida Samarqanddagi Bibixonim masjidida ilg‘or innovatsion texnologiyalarga asoslangan monitoring tizimini o‘rnatishni rejalashtirmoqdamiz. Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyoda bunday tajriba hali o‘tkazilmagan, shu bois mazkur ishlanmaga butun mintaqada talab yuqori bo‘ladi.

Germaniya Federativ Respublikasining Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan ikkinchi grant loyihasiga ko‘ra, biz polimer va perovskitlar asosida mazkur elementlar asosida quyosh batareyalari xususiyatini optimallashtirishga yo‘naltirilgan ingichka plyonkali quyosh elementlarida zaryadlar dinamikasini modellashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazamiz.

– Siz rahbarlik qilayotgan laboratoriyada so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida batafsil so‘zlab bersangiz.

– Laboratoriyamizga 2012 yilda asos solingan bo‘lib, xalqaro darajadagi raqobatbardosh ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Besh yillik faoliyatimiz davomida ilm-fan sohasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Masalan, laboratoriyamizning 5 nafar xodimi xorijiy universitetlarning PhD ilmiy darajasini oldi, 16 xodim xalqaro grant va stipendiyalar sohibi bo‘ldi, qator nufuzli xalqaro nashrlarda xodimlarimizning 50 dan ortiq maqolasi chop etildi. Laboratoriya huzurida parallel hisoblash klasterlari bilan jihozlangan Yuqori tezlikda hisoblash ilmiy markazi tashkil etilgan. Fotovoltaik, optika va nanoelektronikada qo‘llaniladigan ilg‘or funksional materiallar xossasini modellashtirish mazkur markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi. Laboratoriyamizda yurtimizning yosh olimlaridan tashqari xorijliklar ham bo‘lib, ular taklif etilgan o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. Yaponiyalik fizik, professor Katsuxiro Nakamura va professor Chikaxiro Minova ana shunday olimlardan. Har yili Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya va boshqa davlatlardan yosh olimlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida laboratoriyamizga tashrif buyuradi.

Shuningdek, ilmiy laboratoriyamiz tomonidan xalqaro anjumanlar ham muntazam o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda poytaxtimizda, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida 12 xalqaro anjuman tashkil etdik. Ularda 500 dan ortiq mashhur fizik olim zamonaviy fizikaning turli yo‘nalishlaridagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi. Ko‘pchilik yosh tadqiqotchilar bu olimlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, ularning ilmiy laboratoriyalarida izlanish olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu kunlarda Xiva shahrida “Fizikada kondensatsiyalangan muhitlar bo‘yicha so‘nggi yutuqlar: past o‘lchamdagi tizimlarda kvant transporti, topologik effekt va energiya konversiyasi” mavzuida yana bir anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Isroil kabi 20 dan ortiq davlatdan professorlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Hozirgi paytda laboratoriyamiz Germaniya Federativ Respublikasining Dyusseldorf, Oldenburg, Gyottingen, Frayburg, Xemnits va Bonn singari yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari, Yaponiyaning Vaseda, Osaka, Tokio universitetlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

– Ayni paytda yana nimalar ustida ish olib borilmoqda? Xususan, Prezidentimizning joriy yil 26-maydagi “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Yaqin 15-20 yillikda quyosh energetikasi eng istiqbolli soha bo‘ladi. Bu mamlakatimiz uchun ayni muddaodir. Zero, yurtimizda yilning 300 kuni quyosh charaqlab turadi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2016-yilda dunyo miqyosida quyosh energiyasidan 300 GVt dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yili O‘zbekiston Fizika jamiyati va universitetimiz hamkorligida ingichka plyonkali quyosh elementlari muammolari bo‘yicha Buxoro shahrida xalqaro anjuman tashkil etildi. Unda dunyoning yetakchi olimlari fotovoltaikaning kelajagi – kremniy elementidan ham samarador bo‘lgan ingichka plyonkali quyosh elementlarining uchinchi va to‘rtinchi avlodi bilan bog‘liq, degan fikrga kelishdi.

Dunyo olimlari tomonidan nisbatan qisqa vaqt – besh yilda ularning konversion samaradorligini 8 foizdan 25 foizgacha oshirishga erishildi. Mazkur ko‘rsatkichni 35 foizgacha oshirish va zarur mustahkamlikni ta’minlab, kremniy elementlarini tannarxi kremniyga nisbatan 10-15 barobar arzon bo‘lgan perovskit asosida ingichka plyonkali elementlarga almashtirish mumkin. Bunday quyosh elementlari arzonligidan tashqari, egiluvchan, vazni biroz yengil, quyosh panellariga nisbatan ekologik xavfsiz hisoblanadi. Bu boradagi tadqiqotlarimiz maqsadga erishishimizda munosib hissa bo‘lishiga ishonamiz.

Ikki o‘lchamli material – kelajak nanoelektronikasida yaqin istiqbolda asosiy material bo‘lishi kutilayotgan grafenning elektron va optik xossalarini o‘rganish – laboratoriyamizning boshqa yo‘nalishdagi muhim tadqiqotlaridan biridir.

Laboratoriyamizning yosh olimlari kvant informatikasi sohasida sezilarli taraqqiyotga erishishga zamin yaratgan qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, kvant tarmoqlarida samarali, boshqaruvdagi kvant informatikasi masalalarini yechishga erishdi. Kvant informatikasida boshqa istiqbolli natijalardan biri, kvant kompyuterlaridagi asosiy kommunikatsion tarmoqlardan bo‘lgan grafenning nanoo‘lchamli tarmoqlari modeli hisoblanadi. Tadqiqotlarning yetakchi xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgani ularning yuksak ilmiy darajasidan dalolatdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimlarining innovatsion tadqiqotlari xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda