O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Shavkat Solihov ilm-fan sohasida qo‘lga kiritgan katta yutuqlari uchun Xitoy Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga saylandi.

Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunlining o‘zbekistonlik olimga yo‘llagan maktubida shunday jumlalar bor: «Men Xitoy Fanlar akademiyasi va XXR FA akademik idoralar Prezidiumi prezidenti sifatida shuni quvonch bilan ma’lum qilamanki, siz 2017-yil 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda ilmiy yutuqlaringiz va Xitoyda ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo‘shgan hissangiz uchun XXR FA xorijiy a’zoligiga saylandingiz».

1 (1).JPG

XXR FA xorijiy a’zoligi yuqori xalqaro ilmiy nufuzga ega va ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan chet ellik olimlar orasidan tanlab olinadi. Bioorganik kimyo va biotexnologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Shavkat Solihov Xitoy Fanlar akademiyasiga O‘zbekistondan saylangan birinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan saylangan ikkinchi olimdir. Shu paytgacha XXR FAning MDH mamlakatlari orasida yagona xorijlik a’zosi rossiyalik olim, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov edi.

Shavkat Solihov rahbarligida biologik faol birikmalarni ajratish va ularning tuzilishini va amalga oshiradigan mexanizmini o‘rganish asosida o‘ndan ortiq original dori vositasi ishlab chiqarilgan. Bu tadqiqotlar natijasida virus va yallig‘lanishga qarshi, qon to‘xtatuvchi ta’sirga ega preparatlar bugungi kunda tibbiy amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.

5 (1).JPG

Olimning sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda Xitoy Fanlar akademiyasining birinchi xorijiy markazlaridan bo‘lgan dori preparatlarini tadqiq etish va ishlab chiqish Markaziy Osiyo markazi tashkil etilayotir. Bu yerda yaratiladigan dori vositalarini kelgusida Xitoy va boshqa davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbek olimining muvaffaqiyati mamlakatimiz ilm-fani salohiyati xalqaro darajada yuksak baholanayotganining yorqin ifodasidir. Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari amalga oshirayotgan tadqiqotlar saviyasini yuksaltirish, bu jarayonda iqtidorli yoshlarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori bunday yutuqlar ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

4 (1).JPG

Shavkat Solihov joriy yil yanvar oyida Xitoy Fanlar akademiyasi bilan samarali hamkorligi, iste’dodli olimlarni tayyorlash, akademiyaning ilmiy tadqiqotlari va innovatsiyalari darajasini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi hamda yirik ilmiy loyihalarni tashkil etish va amalga oshirishdagi xizmatlari uchun Xitoy Fanlar akademiyasi Xalqaro ilmiy hamkorlik mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Bu yil Xitoy Fanlar akademiyasiga sakkiz mamlakatdan 16 olim saylangan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, Manchester universiteti professori Andriy Geym (Buyuk Britaniya) va Shimoli-G‘arbiy universitet professori Jeyms Freyzer Stoddart (AQSh) ham bor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimi Xitoy Fanlar akademiyasi akademigi unvoniga sazovor bo‘ldi